https://oz.sputniknews.uz/20251223/uzbekistan-aes-qurilish-iaea-standartlar-54410333.html
O‘zbekistonda AES qurilishi xalqaro MAGATE standartlariga muvofiq olib borilmoqda
O‘zbekistonda AES qurilishi xalqaro MAGATE standartlariga muvofiq olib borilmoqda
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda atom elektr stansiyasi qurilishi Xalqaro atom energiyasi agentligi talablari asosida amalga oshirilmoqda. Loyiha yadroviy xavfsizlik va ekologik standartlar doirasida doimiy nazorat qilinadi.
2025-12-23T14:51+0500
2025-12-23T14:51+0500
2025-12-23T14:53+0500
aes
o‘zatom
jamiyat
energetika
atom energetikasi
o‘zbekistonda atom elektrostansiyasi qurilishi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0c/17/54409872_0:354:2730:1891_1920x0_80_0_0_cae14a106ddbe1af9a50f4c0992e879d.jpg
TOShKENT, 23 dek — Sputnik. O‘zbekistonda AES qurilishi loyihasi doirasida Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) bilan yaqin hamkorlik o‘rnatilgan bo‘lib, loyiha ushbu tashkilot standartlari asosida doimiy nazorat qilib boriladi. Bu haqda "O‘zatom" direktori Azim Axmedxadjayev ma’lum qildi, deya xabar berdi Sputnik muxbiri.Ushbu bayonot atom elektr stansiyasini (AES) qurish va ekspluatatsiya qilishning atrof-muhitga ta’sirini baholashga bag‘ishlangan jamoat eshituvlari doirasida berildi.Ta’kidlanishicha, MAGATE talablari jahondagi eng qat’iy va yuqori standartlar hisoblanadi.Yer qimirlashi nazorati: hududda 19 ta geodinamik poligon punkti va 10 ta seysmik stansiya o‘rnatilgan. Ular yer qatlamidagi hatto eng kichik siljishlarni ham soniyasigacha aniq qayd etish imkoniga ega.Kosmik texnologiyalar: havo qatlamini 1 km balandlikkacha o‘rganuvchi SODAR qurilmalari qo‘llanilmoqda. Qayd etilishicha, bunday uskuna respublikada faqat Toshkent xalqaro aeroportida mavjud.Ekologik xavfsizlik: AES atrofidagi 30 km radiusdagi barcha o‘simlik va jonzotlar, shu jumladan, ko‘llardagi muz qatlamlarining harakatigacha kompleks o‘rganib chiqilgan.Ta’kidlanishicha, MAGATE ekspertlari mazkur maydon va o‘tkazilgan tadqiqotlarni yuqori baholab, loyihani ma’qullagan.Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirga kelib O‘zbekiston sohaga oid to‘rtta muhim xalqaro konvensiyaga a’zo bo‘lgan:
https://oz.sputniknews.uz/20251223/uzbekistan-aes-jamoatchilik-eshituvlar-54402811.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0c/17/54409872_228:342:2503:2048_1920x0_80_0_0_48efbe911ccc89bbccb355e8993765a9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston aes, aes qurilishi, magate, xalqaro atom energiyasi agentligi, yadroviy xavfsizlik, atom elektr stansiyasi, aes ekologiya, o‘zatom, azim ahmedxo‘jayev, yadroviy standartlar, magate talablari, atom energetikasi o‘zbekiston
o‘zbekiston aes, aes qurilishi, magate, xalqaro atom energiyasi agentligi, yadroviy xavfsizlik, atom elektr stansiyasi, aes ekologiya, o‘zatom, azim ahmedxo‘jayev, yadroviy standartlar, magate talablari, atom energetikasi o‘zbekiston
O‘zbekistonda AES qurilishi xalqaro MAGATE standartlariga muvofiq olib borilmoqda
14:51 23.12.2025 (yangilandi: 14:53 23.12.2025) AES loyihasi xalqaro yadroviy xavfsizlik standartlari asosida amalga oshirilmoqda. MAGATE ekspertlari mazkur maydon va o‘tkazilgan tadqiqotlarni yuqori baholab, loyihani ma’qulladi
TOShKENT, 23 dek — Sputnik. O‘zbekistonda AES qurilishi loyihasi doirasida Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) bilan yaqin hamkorlik o‘rnatilgan bo‘lib, loyiha ushbu tashkilot standartlari asosida doimiy nazorat qilib boriladi. Bu haqda "O‘zatom" direktori Azim Axmedxadjayev ma’lum qildi, deya xabar berdi
Sputnik muxbiri.
Ushbu bayonot atom elektr stansiyasini (AES) qurish va ekspluatatsiya qilishning atrof-muhitga ta’sirini baholashga bag‘ishlangan jamoat eshituvlari doirasida berildi.
Ta’kidlanishicha, MAGATE talablari jahondagi eng qat’iy va yuqori standartlar hisoblanadi.
Shuningdek, "AES direksiyasi" DUK direktori o‘rinbosari Otabek Amanovning ma’lum qilishicha, AES uchun maydon tanlash jarayoni 1,5 yil davom etgan bo‘lib, bu vaqt mobaynida O‘zbekiston tarixida kuzatilmagan darajadagi unikal muhandislik izlanishlari olib borilgan.
Yer qimirlashi nazorati: hududda 19 ta geodinamik poligon punkti va 10 ta seysmik stansiya o‘rnatilgan. Ular yer qatlamidagi hatto eng kichik siljishlarni ham soniyasigacha aniq qayd etish imkoniga ega.
Kosmik texnologiyalar: havo qatlamini 1 km balandlikkacha o‘rganuvchi SODAR qurilmalari qo‘llanilmoqda. Qayd etilishicha, bunday uskuna respublikada faqat Toshkent xalqaro aeroportida mavjud.
Ekologik xavfsizlik: AES atrofidagi 30 km radiusdagi barcha o‘simlik va jonzotlar, shu jumladan, ko‘llardagi muz qatlamlarining harakatigacha kompleks o‘rganib chiqilgan.
Ta’kidlanishicha, MAGATE ekspertlari mazkur maydon va o‘tkazilgan tadqiqotlarni yuqori baholab, loyihani ma’qullagan.
Bundan tashqari, Otabek Amanov O‘zbekistonning yadroviy dasturi nafaqat milliy qonunchilikka, balki dunyo miqyosida tan olingan eng qat’iy xalqaro standartlarga ham to‘liq muvofiq ekanini ta’kidladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirga kelib O‘zbekiston sohaga oid to‘rtta muhim xalqaro konvensiyaga a’zo bo‘lgan:
Yadroviy materiallar va yadroviy qurilmalarni jismonan himoya qilish to‘g‘risidagi konvensiya;
Yadroviy avariya haqida operativ xabar berish to‘g‘risidagi konvensiya;
Yadroviy xavfsizlik to‘g‘risidagi konvensiya;
Yadroviy zarar uchun fuqaroviy javobgarlik to‘g‘risidagi Vena konvensiyasi.