Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Ukraina 2026-yilda AQShdan rekord darajada kam harbiy yordam oladi

AQSh mudofaa budjeti va Davlat departamenti hujjatlariga ko‘ra, Ukrainaga yordam sifatida ajratiladigan mablag‘lar hajmi keskin qisqargan.
Sputnik
TOShKENT, 25 dek – Sputnik. Ukraina 2026-yilda AQShdan 2022-yil boshidan buyon eng kam miqdorda harbiy yordam oladi. Bu haqda AQSh hukumati hujjatlariga tayangan holda RIA Novosti xabar berdi.
Tasdiqlangan AQShning 2026 moliya yili mudofaa budjetiga muvofiq, Kiyev USAI (Ukraine Security Assistance Initiative) dasturi doirasida atigi 400 million dollar oladi. Shu miqdor 2027-yil uchun ham rejalashtirilgan.
Bu — so‘nggi yillarda Ukraina uchun ajratilgan eng past ko‘rsatkich hisoblanadi.
Qayd etilishicha, yordam hajmining keskin kamayishi Donald Tramp ma’muriyati pozitsiyasi bilan bog‘liq.
Tramp bir necha bor AQSh Ukrainaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri budjet mablag‘lari ajratmasligini, aksincha, NATO hamkorlariga qurolni to‘liq narxda sotish orqali yordam ko‘rsatilayotganini aytgan.
Ilgarigi yillar bilan taqqoslash:
2024 yil aprel: Kongress USAI doirasida 14 milliard dollar ajratgan;
2025 yil: Pentagon ma’lumotlariga ko‘ra, Ukrainaga 5,5 milliard dollardan ortiq qurol-yarog‘ yetkazib berilgan.
AQSh Davlat departamenti hamda bosh inspektor hisobotlariga ko‘ra, 2022–2025 yillarning uchinchi choragigacha bo‘lgan davrda Vashington Ukrainaga qariyb 128 milliard dollar yordam ajratgan, shundan:
70 mlrd dollar — qurol-yarog‘;
54 mlrd dollar — budjetni qo‘llab-quvvatlash;
4 mlrd dollar — gumanitar yordam.
Bundan tashqari, 2024-yil dekabr oyida Jahon banki orqali 20 milliard dollarlik kredit ajratilgan.
Umuman olganda, AQSh Kongressi Ukraina va u bilan bog‘liq dasturlarga 187 milliard dollardan ortiq mablag‘ tasdiqlagan.
Moskva fikriga ko‘ra, Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berish mojaroni tartibga solish jarayoniga xalaqit qiladi, NATO davlatlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashuvga jalb etadi va "olov bilan o‘ynash" deb baholanadi. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov esa Ukraina uchun mo‘ljallangan har qanday qurollangan yuk Rossiya uchun qonuniy nishon hisoblanishini ta’kidladi. Kreml G‘arb davlatlari tomonidan Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berilishi muzokara jarayoniga yordam bermasligi, aksincha, vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatishini ma’lum qiladi.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
AQSh yordami kamaydi, Yevropa yordamga qodir emas — Ukrainada moliya va inson tanqisligi