TOShKENT, 25 dek – Sputnik. Rossotrudnichestvoning O‘zbekistondagi vakolatxonasi 2025-yilda amalga oshirgan ishlari haqida ma’lumot berildi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
2025 yilda tarixiy xotirani saqlash bo‘yicha ishlar alohida e’tibor qaratilgan soha bo‘ldi. G‘alabaning 80-yilligi munosabati bilan Rossotrudnichestvo o‘nlab tadbirlarni tashkil etdi, bular orasida tantanali gul qo‘yish marosimlari, intellektual o‘yinlardan tortib, ilmiy anjumanlar, adabiy-musiqiy kechalar va hujjatli filmlar namoyishlarigacha.
“G‘alaba chehralari” loyihasi muhim o‘rin egalladi, shuningdek, tarixchi Vasiliy Kosteskiyning “Ulug‘ yillarga ta’zim. 1941-1945 yillarda fashizm ustidan qozonilgan buyuk G‘alabaga o‘zbekistonliklarning qo‘shgan hissasi” va o‘zbek tadqiqotchisi Nasriddin Ismoilovning “Pavlov uyi va uning himoyachilari” nomli kitoblari nashr etildi.
“Bitta nuqtayi nazarni majburlashemas, balki tanqidiy fikrlashni va hujjatlar bilan tasdiqlangan tarixga hurmatni shakllantirish muhimdir," - deya ta’kidladi Rossotrudnichestvoning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Irina Staroselskaya.
“Ezgulik missiyasi”, “Xayrli ishlar forumi”, xalqaro ta’lim ko‘rgazma-yarmarkasi, filologik va metodik dasturlar, hududlarga tashriflar, shuningdek, bolalar bog‘chalari, maktab va universitetlar bilan tizimli ishlar kabi o‘zini oqlagan loyihalar davom ettirildi. Faqatgina ta’lim va rus tili sohasida NOTA TERRA kasbiy hamjamiyatlari va Toshkent metodik laboratoriyasi faoliyat yuritmoqda, ular Toshkent shahri va mamlakat viloyatlaridan 300 nafardan ortiq o‘qituvchilarni birlashtirgan. Yil davomida O‘zbekiston ta’lim muassasalariga 1,5 mingdan ortiq kitob nusxalari topshirildi. Bu kitoblarni maktablar, oliy o‘quv yurtlari va rus tili o‘qituvchilari Rossotrudnichestvoning metodik dasturlari va seminarlari doirasida olishdi.
Inklyuziv va ko‘ngillilik yo‘nalishi sezilarli darajada rivojlandi. 2025-yilda O‘zbekistondagi Rossotrudnichestvo oliy ta’lim muassasalari, muzeylar, tibbiyot va ijtimoiy tashkilotlar bilan 10 ta memorandum va shartnomalar imzoladi. “Ezgulik missiyasi” va “Xayrli ishlar forumi” loyihalariga bolalar uchun zamonaviy protezlar ishlab chiqaruvchi Rossiyaning “Motorika” kompaniyasi uzluksiz qo‘shildi. Inklyuziv forumlar, “Kiberkun”, o‘qituvchilar va ota-onalar uchun amaliy mashg‘ulotlar insonparvarlik vazifasining muhim qismiga aylandi.
Yilning asosiy yo‘nalishlaridan biri yoshlar bilan ishlash bo‘ldi. Tadbirlar shakllari qayta ko‘rib chiqildi: ko‘proq interaktivlik, jonli muloqot va yoshlar shunchaki tomoshabin emas, balki faol ishtirokchiga aylanadigan voqealar kiritildi. Ular orasida Rossiya oliy ta’lim muassasalari filiallarining KVNlari, Yoshlar kuniga bag‘ishlangan sap-festivali, “BRICS+ modeli” diplomatik o‘yini, kvizlar, universiadalar va ishbilarmonlar nonushtalari bor edi.
Yangi loyiha sifatida Rossiya oliy ta’lim muassasalari filiallari va O‘zbekiston universitetlari talabalarini birlashtirgan “Talabalik go‘zali” tanlovi o‘tkazildi.
U Rus uyining maqsadi Rossiya va O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari talabalarini birlashtirish ekanligini ta’kidladi.
Xalqaro yoshlar dasturlari ham muhim yo‘nalish bo‘lib qolmoqda. 2025-yilda O‘zbekistondan 100 dan ortiq kishi Rossotrudnichestvoning turli dasturlarida ishtirok etdi,bu “Yangi avlod”va “Interangiliklar”dan tortib “Artek”dagi smenalar hamda yirik xalqaro forumlargacha bo‘lgan keng qamrovli tadbirlarni o‘z ichiga oldi.
Yil yakunlarini sarhisob qilar ekan, Irina Staroselskaya eng katta yutuq sifatida shakllangan o‘zaro ishonch muhiti va barqaror hamkorlik munosabatlarini alohida ta’kidladi.
“Biz bu ishdan katta zavq olamiz, chunki haqiqiy natijani va jonli javobni ko‘rapmiz”, - dedi u.
2026 yilda O‘zbekistondagi Rossotrudnichestvo madaniy va tarixiy qadriyatlarga e’tiborni qaratgan holda, yoshlar, ta’lim hamjamiyati va ijtimoiy tashabbuslar bilan hamkorlikni kengaytirish orqali loyihalarni rivojlantirishni davom ettirishni rejalashtirmoqda.