Sputnik Uzbekistan v Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.04.2024
Matbuot markazi
Sputnik O‘zbekiston matbuot markazi “Rossiya segodnya” xalqaro media guruhi tarkibiga kiradi. Matbuot-markazi raqami: +99897 190 71 78

G‘alaba uchun: O‘zbekistonning Mehnat shon-sharafi shaharlari — video

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Bu unvon O‘zbekiston shaharlarining G‘alabaga qo‘shgan hissasining e’tirofidir.
TOShKENT, 4 avg – Sputnik. Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida “G‘alaba uchun: O‘zbekistonning Mehnat shon-sharafi shaharlari” mavzusida videoko‘prik bo‘lib o‘tdi.
26 iyun kuni MDH Davlat rahbarlari kengashi qarori bilan bir qator shaharlarga “Mehnat shon-sharafi. 1941-1945 yillar” faxriy unvoni berildi. Toshkent, Andijon, Namangan, Samarqand va Farg‘ona shular jumlasidandir.
“Mehnat shon-sharafi shahri" unvoni shunchaki rasmiy maqom emas, balki toshkentliklarning Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaga qo‘shgan noyob hissasi uchun berilgan yuksak bahodir, deya ta’kidlaydi poytaxt hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlanish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Durdona Rahimova.
“Urush boshlanishi bilan Toshkent Sovet Ittifoqining asosiy evakuatsiya va sanoat markazlaridan biriga aylandi. Qisqa vaqt ichida bu yerga o‘nlab zavodlar, ilmiy va tibbiyot muassasalari, teatr va muzeylar ko‘chirildi. Jami O‘zbekistonga bir yarim milliondan ortiq odam evakuatsiya qilindi va ularning salmoqli qismi aynan Toshkentda boshpana topdi”, - dedi u.
O‘zbekistondagi Rossotrudnichestvo vakolatxonasi rahbari Irina Staroselskaya U tarixiy xotirani saqlab qolish va yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash muhimligini alohida ta’kidladi.
“Biz, shu jumladan rossiyaliklarga ham, o‘zbek, tojik, qirg‘izlar — sobiq umumiy Vatanimiz bo‘lgan Sovet Ittifoqining barcha xalqlarining qahramonliklari haqida so‘zlab berishimiz zarur. Eng muhimi esa yoshlarimizda bu tarixga qiziqish uyg‘otishdir”, - dedi Staroselskaya.
Batafsil videoda.
Yangiliklar lentasi
0