TOShKENT, 23 dek — Sputnik. Samarqandda qurilishi boshlangan, yetti qavatli binodan iborat yangi majmua startaplar hamda boshlang‘ich axborot texnologiyalari mutaxassislari uchun inkubator sifatida faoliyat yuritadi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, majmua "School 21" dasturlash maktabi yonida joylashadi. Loyiha uchun ajratilgan yer maydoni qariyb 90 sotixni, binoning umumiy maydoni esa taxminan 15 ming kvadrat metrni tashkil etadi.
Axborot texnologiyalarini rivojlantirish vazirligining hududiy bo‘linmasi bosh mutaxassisi Azim Rahmonovning ta’kidlashicha, kelgusida ushbu markazda xalqaro bozorlarga yo‘naltirilgan yosh mutaxassislar faoliyat olib boradi.
“Yangi IT-markazda asosiy e’tibor dasturiy ta’minot hamda boshqa IT xizmatlar eksportiga qaratiladi”, — dedi u.
V Samarkande nachali stroit odin iz krupneyshix IT-sentrov strani
© Sputnik
Bosh pudratchi sifatida ishtirok etayotgan Xitoyning "Shanghai Construction Group" kompaniyasi uchun mazkur loyiha O‘zbekistondagi ikkinchi obyekt hisoblanadi. Avvalroq kompaniya Toshkent shahrida bir qator obyektlarni amalga oshirgan edi.