TOShKENT, 23 dek — Sputnik. G‘arbning Rossiyaga qarshi sanksiyalari O‘zbekistonda atom elektr stansiyasi (AES) qurilishiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi, dedi "Atomstroyeksport" AJ ("Rosatom"ning muhandislik bo‘limi) vitse-prezidenti va O‘zbekistondagi AES qurilishi loyihasi direktori Pavel Bezrukov. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar berdi.
Ushbu bayonot Jizzax viloyatining Forish tumani, Bog‘don shaharchasida O‘zbekistonda AES qurilishi loyihasi bo‘yicha o‘tkazilayotgan jamoatchilik eshituvlarida bildirildi.
"Biz juda uzoq vaqtdan beri sanksiyalar sharoitida ishlab kelyapmiz. Bu faqat “Rosatom”ga emas, butun mamlakatga taalluqli. “Rosatom” allaqachon stansiyaning barcha muhim elementlarini mahalliylashtirgan qilgan, shu bois sanksiyalar ushbu atom stansiyasi va inshootlar qurilishiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi", — dedi Bezrukov.