Firibgarlik va shantaj: firibgarlar ijtimoiy tarmoqdagi akkauntlarni nega buzishi ochiqlandi

Rossiya IIVning ma’lum qilishicha, firibgarlar ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarni yozishma o‘qish uchun emas, balki shantaj qilish va turli firibgarlik sxemalarida foydalanish maqsadida buzib kirmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 23 dek — Sputnik. Firibgarlar oddiy foydalanuvchilarning messenjer va ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarini buzib, ulardan fishing xabarlarini tarqatish, shubhali sxemalarda ishtirok etish hamda shantaj qilish uchun foydalanadi. Bu haqda Rossiya IIV Kiberjinoyatlarga qarshi kurash boshqarmasi ma’lum qildi.
Vazirlikka ko‘ra, bunday akkauntlarga kirishdan asosiy maqsad yozishmalarni o‘qish emas. Ular, avvalo, vosita sifatida qo‘llaniladi — firibgarlik xabarlarini tarqatish, turli “kulrang” sxemalarda ishtirok etish yoki egasini shantaj qilish uchun. Chunki oddiy foydalanuvchilar akkauntlarida hujjatlar, shaxsiy fotosuratlar, ish yozishmalari kabi ma’lumotlar saqlanadi va ular bosim o‘tkazishda qo‘l keladi.
IIVning ta’kidlashicha, ko‘pchilik akkaunt qiymatini obunachilar soni yoki “yulduz” maqomi bilan bog‘laydi, ammo noqonuniy bozorda aksincha — oddiy, lekin faol akkauntlar ko‘proq talabga ega.

“Tarixi, kontaktlari va odatiy faolligi bo‘lgan "jonli" profil insonlar va avtomatik tizimlar uchun ishonchli ko‘rinadi. Shu bois u suiiste’mollar uchun juda qulay", — deya qayd etilgan vazirlik xabarida.

Shuningdek, huquq-tartibot idoralari xodimlari ovoz va video ma’lumotlar alohida xavf tug‘dirishini ta’kidlamoqda. Messenjerlarda yillar davomida yig‘ilgan ovozli xabarlar va videolar neyrotarmoqlar yordamida foydalanuvchi ovozini taqlid qilish imkonini beradi. Bu esa yaqinlar uchun aldanish xavfini oshiradi, chunki so‘z faqat matn haqida emas, balki tanish ovoz va muloqot uslubi haqida bormoqda.
V MVD RF obyasnili, zachem moshenniki vzlamivayut akkaunti v sossetax
IIV misol sifatida pedagog akkaunti buzilib, uning nomidan ota-onalar uchun guruh chat ochilgan holatni keltirdi. Jinoyatchilar o‘qituvchiga bo‘lgan ishonchdan foydalanib, go‘yoki Sankt-Peterburgda yashash va ovqatlanish uchun shoshilinch pul yig‘ish haqida xabar tarqatgan.
Onlayn-kredit firibgarlari qurbonlaridan qarzni undirish bekor qilinadi