TOShKENT, 22 dek — Sputnik. Rossiyaga amaliy tashrif doirasida Sankt-Peterburg davlat konservatoriyasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Lev Tolstoy nomidagi Xalqaro tinchlik mukofoti topshirildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu mukofot Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov va Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonga ham berildi.
Prezidentam Uzbekistana, Kirgizstana i Tadjikistana vruchena Mejdunarodnaya premiya mira imeni Lva Tolstogo
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Uch mamlakat yetakchilari Markaziy Osiyoda tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlashga qo‘shgan ulkan shaxsiy hissasi uchun mazkur nufuzli mukofotga sazovor bo‘ldilar. Rossiya prezidenti Vladimir Putin huzurida mukofot uning hakamlar hay’ati raisi, mashhur dirijor Valeriy Gergiyev tomonidan topshirildi
Prezidentam Uzbekistana, Kirgizstana i Tadjikistana vruchena Mejdunarodnaya premiya mira imeni Lva Tolstogo
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Hakamlar hay’ati qarorida qayd etilishicha, 2025-yil 31-mart kuni Xo‘jand shahrida davlat rahbarlari Davlat chegaralarining tutashgan nuqtasi to‘g‘risidagi shartnoma hamda Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi Xo‘jand deklaratsiyasini imzolab, xalqaro huquq ustuvorligiga asoslangan umumiy va barobar xavfsizlikni ta’minlash, xalqlar o‘rtasida o‘zaro anglashuv va hamkorlikni mustahkamlashga katta hissa qo‘shdilar.
Mukofot insonparvarlik g‘oyalariga sadoqat va Markaziy Osiyoni tinchlik, farovonlik hamda bunyodkorlik makoniga aylantirish yo‘lidagi umumiy sa’y-harakatlar e’tirofi ekani ta’kidlandi.