TOShKENT, 21 dek — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 21–22 dekabr kunlari Yevroosiyo Oliy iqtisodiy kengashining navbatdagi majlisida kuzatuvchi maqomida va MDH davlat rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Sankt-Peterburg shahriga keldi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Davlat rahbarini “Pulkovo” xalqaro aeroportida Sankt-Peterburg gubernatori Aleksandr Beglov va boshqa rasmiy shaxslar tantanali tarzda kutib oldi.
Sammit kun tartibidan mazkur ko‘p tomonlama birlashmalar doirasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish bilan bog‘liq dolzarb masalalar o‘rin olgan.
An’anaga ko‘ra, birgalikda amalga oshirilgan ishlarning asosiy natijalari sarhisob qilinadi va kelgusi yildagi amaliy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashiladi.