TOShKENT, 20 dek — Sputnik. Bugun Tokida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Yaponiya bosh vaziri Sanae Takaichi muzokaralari bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati
Muzokaralar yakunda O‘zbekiston va Yaponiya orasida Kelgusi avlodlar uchun kengaytirilgan strategik sheriklik to‘g‘risidagi qo‘shma bayonotni imzoladilar.
Shuningdek, tashrif doirasida ta’lim, sog‘liqni saqlash, ekologiya, suv resurslari, transport, shaharsozlik, turizm, qishloq xo‘jaligi, tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish sohalarida salmoqli kelishuvlar to‘plami qabul qilindi.
Yaponiyadagi tadbirlar yakunlangach, Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tadigan Yevroosiyo Oliy iqtisodiy kengashining bo‘lajak yig‘ilishi va MDH yetakchilarining norasmiy sammitida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Rossiyaga jo‘nab ketdi.