"Minsk kelishuvlariga amal qilinmadi, ular bajarilmadi. Kiyev rejimi tomonidan Ukrainaning janubi-sharqidagi fuqarolariga qarshi boshlangan urushni tugatish uchun esa biz qurolli kuchlarimizni ishlatishga majbur bo‘ldik", — dedi Putin.
"Ankorijdagi uchrashuvda biz uning talablariga deyarli rozi bo‘lganmiz. Shu bois biz nimanidir rad etayapmiz, deb aytish noto‘g‘ri va hech qanday asosga ega emas. Undan avval Moskvada bo‘lib o‘tgan uchrashuvda takliflar bildirilgan va bizdan ayrim yon berishlar so‘ralgan. Ankorijda esa men bu qarorlar biz uchun oson emasligini aytdim, ammo shu bilan birga, biz ushbu kompromisslarga rozi ekanligimizni ham bildirganman. Shu nuqtayi nazardan, biz nimanidir rad qilyapmiz, degan iddaolar asossiz", — dedi Rossiya rahbari.