TOShKENT, 18 dek – Sputnik. O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi bilan BMT Sivilizatsiyalar alyansi (UNAOC) o‘rtasida o‘zaro Anglashuv memorandumi imzolandi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Memorandum Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida BMT Sivilizatsiyalar alyansining 20-yilligiga bag‘ishlangan forum doirasida imzolandi. Anjuman sivilizatsiyalar va madaniyatlar o‘rtasidagi muloqotni rivojlantirish, mediasavodxonlikni oshirish, migratsiya masalalari, ekstremizmning oldini olish hamda inklyuzivlikni ilgari surishga bag‘ishlandi.
Forumdagi O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibiga TIV, Islom sivilizatsiyasi markazi, shuningdek, tegishli vazirlik vakillari kirdi.
Forum doirasida UNAOC Oliy vakili Migel Anxel Moratinos bilan muzokaralar o‘tkazilib, markazning xalqaro maydondagi o‘rni va uni global gumanitar hamda ilmiy platformalarda ilgari surish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan muloqot bo‘lib o‘tdi.
Delegatsiya Uzbekistana prinyala uchastie v Forume Alyansa sivilizatsiy OON
© Ministerstvo inostrannix del
Anjuman davomida ISESCO, Jahon musulmonlar ligasi, Saudiya Arabistonining yetakchi akademik va madaniy muassasalari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Ularda markaz ochilishida xalqaro tashkilotlar ishtirokini ta’minlash, qo‘shma ilmiy-tadqiqot va ta’limiy loyihalarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, Qirol Faysal kutubxonasi va Saudiya qirollik oilasi vakillari bilan uchrashuvlarda markaz tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, xususan, Movarounnahr sivilizatsiyalari tarixi bo‘yicha ilmiy hamkorlikni rivojlantirishga qiziqish bildirildi.
Markaz ochilishiga tayyorgarlik jarayoni doirasida Kavkaz shayx-ul-islomi, Ozarbayjon muftiysi Allohshukur Pashazade bilan uchrashuv ham o‘tkazilib, o‘zbek-ozarbayjon gumanitar hamkorligini mustahkamlash