TOShKENT, 16 dek — Sputnik. IT Park Uzbekistan vakillari Tatariston delegatsiyasi bilan uchrashib, axborot texnologiyalari, startap ekotizimi va raqamli yechimlar sohasida hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi. Bu haqda IT Park Uzbekistan matbuot xizmati xabar bredi.
Uchrashuvda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va tajriba almashish doirasida kelgusi hamkorlikni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Delegatsiya tarkibiga IT Park Qozon vakillari hamda "uchuvchisiz suv usti kemalari", Presentsimple.ai, Fibonacci AI, MilkAgroVision, ElmaI, BluePrint, Tulpar Akademiyasi, LaweMate, NotCRM, Chain, Labli kabi startap loyihalar asoschilari kirdi.
Startaplar IT Park Uzbekistan dasturlarida ishtirok etish, jumladan rezident maqomini olish imkoniyatlariga qiziqish bildirdilar.
Obsujdeno sotrudnichestvo mejdu startapami IT Park Uzbekistan i Tatarstana
© IT Park Uzbekistan
Uchrashuvda texnopark faoliyati, IT-biznes uchun yaratilgan shart-sharoitlar, IT-xizmatlar eksportini qo‘llab-quvvatlash choralari hamda barqaror startap ekotizimini shakllantirish tashabbuslari taqdim etildi.
Shuningdek, texnologik kompaniyalarning xalqaro bozorlarga chiqish imkoniyatlari va qo‘shma loyihalar salohiyati muhokama qilindi. Qayd etilishicha, Tatariston bilan hamkorlik IT Park Uzbekistan uchun xalqaro aloqalarni kengaytirish va tajriba almashishga xizmat qiladi.