Kudratov Kuvaytda vazirlar va ishbilarmonlar bilan uchrashdi — tafsilotlar

Muzokaralarda neft-gaz, neft-kimyo, logistika, savdo va investitsiya sohalarida hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma loyihalarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
Sputnik
TOShKENT, 16 dek — Sputnik. 13-15 dekabr kunlari O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Kuvaytga amaliy tashrif bilan bo‘lib, mamlakat hukumati, ishbilarmon doiralar va moliyaviy institutlar vakillari bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Shuningdek, u O‘zbekiston–Kuvayt Hukumatlararo qo‘shma komissiyasining ikkinchi yig‘ilishida ishtirok etdi.
Vazir Kuvayt neft vaziri va "Kuwait Petroleum Corporation" raisi, savdo va sanoat vaziri hamda bir qator sohalarda vazir vazifasini bajarayotgan rasmiylar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Muzokaralarda neft-gaz va neft-kimyo sohalarida hamkorlik, logistika va savdo, aviatsiya yoqilg‘isi yetkazib berish, meva-sabzavot eksportini kengaytirish, standartlarni o‘zaro tan olish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, investitsiyaviy hamkorlikni chuqurlashtirish, ikki tomonlama savdoni kengaytirish va "Fors ko‘rfazi mamlakatlari – Markaziy Osiyo" Taraqqiyot jamg‘armasini tashkil etish tashabbusi ko‘rib chiqildi.
Tashrif davomida O‘zbekiston–Kuvayt biznes-forumi va "Made in Uzbekistan" ko‘rgazmasi o‘tkazildi. So‘nggi besh yilda tovar ayirboshlash hajmi besh barobardan ortiq oshgani qayd etildi.
Hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari sifatida agrosanoat, neft-kimyo, infratuzilma, transport-logistika, raqamli va moliyaviy xizmatlar belgilandi.
Elektron tijorat, islomiy moliya, qurilish, sanoat va sog‘liqni saqlash sohalarida Kuvayt ishbilarmon doiralari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.Tashrif yakunida bir qator ikki tomonlama hujjatlar imzolandi.
Markaziy Osiyo va Ko‘rfaz davlatlari savdosi 3,3 mlrd dollarga yetdi