TOShKENT, 15 dek — Sputnik. O‘zbekistonda joriy yilning 11 oyi davomida mazkur moddada nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan 1 748 nafar shaxs sudlandi. Ularning 191 nafari ozodlikdan mahrum qilingan. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, qolgan 1 557 nafar shaxsga ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar — jarima, majburiy jamoat ishlari, axloq tuzatish ishlari, ozodlikni cheklash yoki shartli hukm tayinlangan. Shuningdek, 4 nafar shaxsga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanilgan.
2024 yilda mazkur modda bo‘yicha 1 875 nafar shaxs sudlanib, ularning 258 nafari ozodlikdan mahrum qilingan, 1 617 nafariga esa ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlangan. Shuningdek, 8 nafar shaxsga tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanilgan.