TOShKENT, 9 dek – Sputnik. Joriy yilda bukmekerlik xizmatlarini targ‘ib qiluvchi 86 ta veb-saytni bloklash uchun tegishli nazorat organiga ma’lumotlar yuborilgan, shundan 70 taga yaqini belgilangan tartibda rasman bloklangan. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, reklama sohasidagi qonunbuzilishlarga tezkor chora ko‘rish maqsadida mas’ul tashkilotlar o‘rtasida doimiy o‘zaro hamkorlik mexanizmi yo‘lga qo‘yilgan. Xususan, bukmekerlik xizmatlarini targ‘ib etuvchi veb-saytlarga nisbatan kirishni cheklash va bloklash choralari amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, qo‘mita "Reklama to‘g‘risida"gi qonunning 46-moddasiga muvofiq, qimor o‘yinlari va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarning reklamasi mutlaqo taqiqlanganini eslatdi.