O‘smir sportchilar orasida Prezident Olimpiadasi boshlandi

Musobaqalar boks, dzudo, taekvondo, og‘ir atletika, erkin kurash, ayollar kurashi, yunon-rum kurashi, yengil atletika, badiiy gimnastika, stol tennisi, basketbol 3x3 sport turlari bo‘yicha o‘tkaziladi.
Sputnik
TOShKENT, 24 noya – Sputnik. “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” musobaqalarining final bosqichi — Prezident Olimpiadasiga start berildi. Bu haqda Sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Musobaqalar Olimpiya shaharchasidagi sport inshootlarida o‘tmoqda. Badiiy gimnastika bo‘yicha bahslar — Gimnastika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan respublika bolalar va o‘smirlar olimpiya zaxiralari sport maktabida, og‘ir atletika musobaqalari esa Chirchiq Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida tashkil etilgan.
Final bosqichida hududiy saralashlarda g‘olib chiqqan, 15-17 yoshli sportchilar ishtirok etmoqda.
O‘zbekiston Islom birdamligi o‘yinlarini 96 ta medal bilan ikkinchi o‘rinda yakunladi