O‘zbekiston Islom birdamligi o‘yinlarini 96 ta medal bilan ikkinchi o‘rinda yakunladi
O‘zbekiston Islom birdamligi o‘yinlarini 96 ta medal bilan ikkinchi o‘rinda yakunladi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston VI Islom birdamligi o‘yinlarini 96 medal — 29 oltin, 35 kumush va 32 bronza bilan yakunlab, Turkiyadan keyin umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi.
TOShKENT, 22 noya – Sputnik. O‘zbekiston Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahri mezbonlik qilgan VI Islom birdamligi o‘yinlarining so‘nggi bellashuv kunida o‘zbekistonlik sportchilar 1 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 96 ta medal bilan ikkinchi o‘rinni egallashdi. Bu haqda mamlakat Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.Kumush medal:Bronza medallar:7−21 noyabr kunlari tashkil etilgan musobaqada Turkiya birinchi bo‘ldi. Uchinchi o‘rin Eronga nasib etdi.O‘yinlarning yopilish marosimida Islom birdamligi sport assotsiatsiyasi bayrog‘i navbatdagi musobaqani qabul qiladigan Malayziyaga topshirildi.
islom birdamligi o‘yinlari, o‘zbekiston medallari, para pauerlifting, jiyu-jitsu, umumjamoa hisobi, sport yangiliklari, medal statistikasi, qudratoy toshpo‘latova, sarvarbek rahmonberdiyev, bekzod jamilov, malayziya 2029 islom o‘yinlari, turkiya
islom birdamligi o‘yinlari, o‘zbekiston medallari, para pauerlifting, jiyu-jitsu, umumjamoa hisobi, sport yangiliklari, medal statistikasi, qudratoy toshpo‘latova, sarvarbek rahmonberdiyev, bekzod jamilov, malayziya 2029 islom o‘yinlari, turkiya
O‘zbekiston Islom birdamligi o‘yinlarini 96 ta medal bilan ikkinchi o‘rinda yakunladi
O‘zbekiston 57 ta mamlakat orasida Turkiyadan keyin ikkinchi o‘rinni egalladi.
TOShKENT, 22 noya – Sputnik. O‘zbekiston Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahri mezbonlik qilgan VI Islom birdamligi o‘yinlarining so‘nggi bellashuv kunida o‘zbekistonlik sportchilar 1 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 96 ta medal bilan ikkinchi o‘rinni egallashdi. Bu haqda mamlakat Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Kumush medal:
Qudratoy Toshpo‘latova — para pauerlifting, og‘ir vazn toifasi.
Bronza medallar:
Sarvarbek Rahmonberdiyev — jiu-jitsu, -62 kg;
Bekzod Jamilov — para pauerlifting, og‘ir vazn toifasi.
Umumiy hisobda O‘zbekiston sportchilari 29 ta oltin, 35 ta kumush va 32 ta bronza, jami 96 medal qo‘lga kiritib, 57 ta mamlakat orasida Turkiyadan keyin ikkinchi o‘rinni egalladi.