TOShKENT, 23 noya — Sputnik. Pechora va Shimoliy Dvina darolaridan Donbassga quvur orqali suv yetkazib berish loyihasi 2-dekabr kuni Rossiya Fanlar akademiyasi (RFA) Yer haqidagi fanlar bo‘limi yig‘ilishida muhokama qilinadi. Bu haqda TASS agentligiga RFA Suv muammolari instituti ilmiy rahbari Viktor Danilov-Danilyan ma’lum qildi.
Uning aytishicha, masala 22-oktabr kuni RFAning “Quruqlikdagi suv resurslari” ilmiy kengashida ko‘rib chiqilgan.
"Bu 22-oktabr kuni RFA "Quruqlikdagi suv resurslari" ilmiy kengashi yig‘ilishida ko‘rib chiqildi. 2-dekabrda Yer haqidagi fanlar bo‘limida tegishli ma’ruza qilaman. O‘ylaymanki, u yerda hammasi silliq o‘tadi, men o‘zim shu bo‘limning a’zosiman, hammani bu ish bilan jiddiy shug‘ullanish kerakligiga ishontiraman. Yer haqidagi fanlar bo‘limi ovoz bersa, akademiya prezidiumi ham ovoz beradi", — dedi Danilov-Danilyan.
Loyihaga ko‘ra, ushbu darolardan keladigan suv Shimoliy Muz okeaniga quyilmasdan, Kama va Volga orqali o‘tkazilishi, keyin esa Azov bo‘yidagi Volga–Don-2 kanaliga yo‘naltirilishi kerak. Bunda suvni uzatish uchun "Gazprom" gaz generatorlaridan foydalanish mumkin.
"Bizda eski texnologiyadan tubdan farq qiladigan, amalda filtratsiyaning yo‘qligini kafolatlaydigan yangi texnologiya mavjud. Hatto ijobiy tomonlari ham bor — Shimol isib bormoqda, yaxshi ma’lumki, Shimoliy Muz okeanining ekotizimlari qayta shakllanmoqda va agar darolar olib keladigan iliq suvning bir qismini olib qo‘ysak, ularning moslashishini osonlashtiramiz, chunki isish jarayoni sekinlashadi", — dedi agentlik suhbatdoshi.
Bundan tashqari, uning so‘zlariga ko‘ra, sovet davridan beri Ob darosining quyi oqimidan Qozog‘iston va O‘zbekistonning Orol mintaqasiga suv o‘tkazish loyihasi mavjud, ammo u hozirda dolzarb emas.
"Agar bu bilan shug‘ullanilsa, birinchi navbatda Rossiyaning suv o‘tkazish loyihasi ishlab chiqilishi kerak. U yerda esa hal qilish oson bo‘lmagan xalqaro muammolar bor", — dedi Danilov-Danilyan.