TOShKENT, 18 noya – Sputnik. O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov va Afg‘onistonning “DABS” kompaniyasi bosh direktori Abdul Bori Umar bilan 2026-yilda elektr energiyasini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolandi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Tomonlar 17-noyabr kuni Toshkentda uchrashib, energetika sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi.
Muzokaralar chog‘ida Afg‘oniston hududida qurilayotgan yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari va podstansiyalarning joriy holati hamda ishlar sur’atini tezlashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Ma’lumot uchun: DABS — Afg‘onistonning Milliy elektr energiyasi kompaniyasi (Da Afghanistan Breshna Sherkat).