“Hozirgi siyosiy sharoitda bunday loyihaning amalga oshishi juda qiyin. Men real vaziyatni hisobga olgan holda aytsam, buguncha ushbu mintaqaga aloqador davlatlar o‘rtasida bunday tashabbus bo‘yicha kelishuvga erishish imkoni yo‘q ...Albatta, hozir Markaziy Osiyo davlatlari va Rossiya hamjihatlikda Ob darosining xuddi shu oqimini, uning bir qismini qandaydir shunday loyihalar uchun imkoniyatlarini batafsil o‘rganishsa yaxshi bo‘lardi", — dedi olim RIA Novostiga.
"Agar Markaziy Osiyo darolari, Amudaryo va Sirdaryo va boshqalar haqida gapiradigan bo‘lsak, bu darolar havzasida suvdan foydalanish tizimining zamonaviy bazasida mavjud vaziyat va texnologiklikni tahlil qilishdan boshlash kerak", - dedi u.
"Markaziy Osiyoda "suv taqsimlovchi" degan yaxshi so‘z bor... Bugungi kunda, masalan, Amudaryo havzasi bo‘yicha bunday lavozim yo‘q, chunki havza xalqaro, davlatlararo. Shuning uchun siyosiy sabablarga ko‘ra, vaziyatni hal qilib bo‘lmaydi va loyihani amalga oshirib bo‘lmaydi", — dedi Kirillov.
"Mahalliy masalalarni hal qilish kerak, umuman olganda, tadqiqotlar o‘tkazish kerak, ammo hozirda bu loyihaga qaytish — bu sof siyosiy konyunktura (ya’ni, hozirgi vaziyatdan kelib chiqqan vaqtinchalik gaplar)", — deya xulosa qildi olim.