TOShKENT, 15 noya — Sputnik. Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev o‘rtasida tor doiradagi muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda ushbu tashrif ikki davlat strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari tarixida yangi bosqichni boshlab berishi ta’kidlandi.
V rezidensii "Kuksaroy" sostoyalis peregovori Shavkata Mirziyoyeva i Kasim-Jomarta Tokayeva v uzkom formate.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Tashrifga tayyorgarlik doirasida Toshkentda Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi va biznes forumi, Qozog‘iston tibbiyoti kunlari, qozoq filmlari namoyishi, Ostona kunlari va bir qator madaniy tadbirlar muvaffaqiyatli o‘tkazilgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Yilning o‘tgan davri mobaynida tovar ayirboshlash 4 milliard dollarga yetdi. O‘zaro savdo hajmini oshirish va import o‘rnini bosish orqali bu ko‘rsatkichni 10 milliard dollarga yetkazish maqsad qilingan. Yuk tashish hajmi o‘sib bormoqda, shaharlar orasida haftasiga 40 tadan ortiq aviaqatnov amalga oshirilmoqda.
So‘nggi yillarda 6,5 mingta qo‘shma korxona tashkil etildi va ustuvor tarmoqlarda yirik loyihalar amalga oshirilmoqda. Sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish uchun 8 milliard dollardan ortiq qiymatdagi loyihalar portfeli tayyorlandi. Ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun qo‘shma investitsiya platformasini ishga tushirish taklif qilindi.
Muzokaralar davomida energetika, transport, kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi va suv xo‘jaligi, atrof-muhitni muhofaza qilish, axborot texnologiyalari va boshqa muhim sohalarda o‘zaro manfaatli sheriklikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.
O‘zbekiston - Qozog‘iston hududlari rahbarlarining birinchi Kengashini 2026-yilda Qozog‘istonda o‘tkazish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.