Toqayev davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi

Toshkentda O‘zbekiston va Qozog‘iston yetakchilari raisligida Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi yig‘ilishi o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
Sputnik
TOShKENT, 14 noya – Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi. Bu haqda O‘zbekiston rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Beseda Prezidenta Respubliki Uzbekistan Shavkata Mirziyoyeva i Prezidenta Respubliki Kazaxstan Kasim-Jomarta Tokayeva
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev qozog‘istonlik hamkasbi bilan “Toshkent-Humo” xalqaro aeroportida suhbat o‘tkazdi.
Beseda Prezidenta Respubliki Uzbekistan Shavkata Mirziyoyeva i Prezidenta Respubliki Kazaxstan Kasim-Jomarta Tokayeva
Yetakchilar O‘zbekiston – Qozog‘iston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashishdi.
Tashrif dasturiga muvofiq, ertaga, 15-noyabr kuni, oliy darajadagi muzokaralar hamda Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Kun tartibidagi asosiy mavzu – savdo, sanoat kooperatsiyasi, transport va logistika, energetika, qishloq xo‘jaligi, suv resurslari, madaniy-gumanitar loyihalar kabi ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlikni chuqurlashtirish.
Mintaqaviy va global siyosatning dolzarb masalalari, ko‘p tomonlama formatlar doirasidagi hamkorlik yuzasidan fikr almashiladi.
Xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazi va qator qo‘shma loyihalarni ishga tushirish, O‘zbekiston – Qozog‘iston strategik sheriklik hamda ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashga qaratilgan hujjatlar to‘plamini imzolash ko‘zda tutilgan.
Peskov: Putin O‘zbekiston va Qozog‘iston bilan gaz sohada hamkorlikka katta ahamiyat bermoqda