TOShKENT, 9 noya — Sputnik. YuNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi doirasida “Samarkand Marathon-2025” xalqaro xayriya marafonining asosiy bellashuvlari o‘tkazildi. Bu haqda Samarqand viloyati hokimligi ma’lum qildi.
Marafondagi ishtirokchilar 5; 10; 21,1 va 42,2 kilometr masofalarda o‘zaro kuch sinashdi.
Bellashuv g‘oliblari:
5 km:
Erkaklar: Alisher Ahmatullayev (O‘zbekiston);
Ayollar: Darya Andropova (O‘zbekiston);
10 km:
Erkaklar: Yuta Shitara (Yaponiya);
Ayollar: Anastasiya Slichenkova (Rossiya);
21,1 km:
Erkaklar: Rinas Ahmadeyev (Rossiya);
Ayollar: Sofya Kameneva (Rossiya);
42,2 km:
Erkaklar: Shohruh Davlatov (O‘zbekiston, Surxondaryo);
Ayollar: Jasinta Chepkoyech (Keniya).
Marafon doirasida turli yosh toifalari va imkoniyati cheklangan fuqarolar o‘rtasida ham g‘oliblar aniqlandi. Ularga pul mukofotlari va esdalik sovg‘alari topshirildi.