TOShKENT, 6 noya – Sputnik. 2026 yilda Belarusda O‘zbekiston madaniyati kunlarini o‘tkazish va Hukumatlararo komissiya doirasida madaniyat bo‘yicha quyi qo‘mita tuzish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Bu haqda O‘zbekiston Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur kelishuvlar Toshkent shahrida O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov va Belarus madaniyat vaziri Ruslan Cherneskiy boshchiligidagi delegatsiyalar o‘rtasida o‘tkazilgan hamkorlik uchrashuvi doirasida rasmiylashtirildi.
Shuningdek, uchrashuvda madaniy ta’lim, teatr, kino hamda nomoddiy madaniy meros sohalaridagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida ikki mamlakat filarmoniyalari va teatrlari o‘rtasida qator hamkorlik memorandumlari imzolandi. Jumladan:
O‘zbekiston Davlat filarmoniyasi va G.I. Sitovich nomidagi Belarus Milliy akademik xalq xori;
Belarus Katta teatri va Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Davlat akademik katta teatri;
O‘zbekiston Davlat musiqali komediya (operetta) teatri va Belarus davlat filarmoniyasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumlar imzolandi.