TOShKENT, 31 okt – Sputnik. Ukrainani qo‘llab-quvvatlayotgan Yevropa Ittifoqi yetakchilari va ularning maslakdoshlari aslida urushni qo‘llab-quvvatlashmoqda. Bu haqda Vengriya bosh vaziri Viktor Orban ma’lum qildi.
Uning fikricha, Yevropa mamlakatlari budjetlari hisobiga Ukrainaga harbiy va moliyaviy yordam ko‘rsatish Yevropadagi vaziyatni faqat keskinlashtiradi va uni keng ko‘lamli harbiy mojaro sari yetaklaydi.
Ukrainani qo‘llayotganlar urushni qo‘llab-quvvatmoqda. Urush pul talab qiladi. <…> Brussel Ukrainaga pul jo‘natayotganda u bizning pullarni jo‘natmoqda”, - dedi u “Kossuth” radiosi efirida.
“Yevropa yetakchilari olov bilan o‘ynashayotganini tushunmayapti. Bugun Yevropa urush sari ketmoqda”, - deya ogohlantirdi Orban va mintaqadagi siyosiy vaziyatni Birinchi va Ikkinchi jahon urushi arafasidagi voqealarga qiyosladi.
Vengriya bosh vazirining so‘zlariga ko‘ra, yagona ijobiy narsa bu tinchlikparvar pozitsiyasini egallagan va Ukrainadagi mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilishga urinayotgan Donald Trampning prezident etib saylanishi bo‘lgan.
“Bugun aynan yevropaliklar urush haqida gapirmoqda, garchi biz ularga bunday qilmaslikni tavsiya qilsak-da”, - dedi siyosatchi.