TOShKENT, 30 okt – Sputnik. O‘zbekiston bugungi kunda haqli ravishda MDHning qo‘shma kinomahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchilaridan biri hisoblanadi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Galuzin Sputnik multimedia matbuot markazi bilan videoko‘prik shaklida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Galuzinning ta’kidlashicha, Moskva Toshkent bilan ijtimoiy va madaniy aloqalarni rivojlantirishga katta ahamiyat beradi. Shuningdek, MDHning boshqa davlatlari bilan ham hamkorlik faol yo‘lga qo‘yilgan.
Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, xalq diplomatiyasiga — odamlarni ijod, san’at va umumiy tarixiy meros orqali birlashtiradigan sohaga — alohida e’tibor qaratilmoqda.
Mavzuni davom ettirib, Rossiya Millatlar ishlari bo‘yicha federal agentligi rahbarining o‘rinbosari Stanislav Bedkin O‘zbekiston MDH mamlakatlari ijodiy kuchlarini birlashtiradigan loyiha — Ulug‘ Vatan urushi haqidagi yangi serialni yaratishda asosiy ishtirokchilardan biri sifatida qatnashishi mumkinligini ta’kidladi.