TOShKENT, 28 okt – Sputnik. O‘zbekiston Markaziy bankida yangi tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar berdi.
Nodirbek Achilov Markaziy bank raisining o‘rinbosari etib tayinlandi. Achilov bunga qadar Monetar operatsiyalar departamentiga rahbarlik qilgan.
Sanjar Nosirov Markaziy bank raisining o‘rinbosari etib tayinlandi. Bungacha Nosirov Kredit tashkilotlari faoliyatini tartibga solish metodologiyasi departamenti rahbari lavozimida ishlagan.
Nusratulla Fazilov ham Markaziy bank raisining o‘rinbosari bo‘ldi. Fazilov ilgari Banklarni prudensial nazorati departamentiga rahbarlik qilgan.