Putin RT telekanalini yubiley bilan tabrikladi

Mevali daraxtga tosh otiladi – taqiqlarga qaramay xolislikka sodiq qolgan nashr tavalludi.
Sputnik
TOShKENT, 17 okt — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Russia Today” (RT) telekanalini 20-yillik yubileyi bilan tabriklab, tahririyat xodimlarining kasbga yondashuvini alohida e’tirof etdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bugun dunyo bo‘ylab millionlab tomoshabinlar aynan RT orqali global voqealarga munosabat bildirishni afzal ko‘rmoqda. Garchi kanal an’anaviy axborot oqimlariga qarshi borayotgan bo‘lsa-da, Putin RTni xalqaro axborot maydonida o‘z o‘rnini topgan va tez rivojlanayotgan media deb atadi.
“Sizlar axborotni yuqori professionallik, samimiyat va xolislik bilan taqdim etapsiz. Aynan shu yondashuv, haqiqatni aytishga bo‘lgan e’tiqod tomoshabinlarni o‘ziga jalb etmoqda. Men sizlarni bu yutuqlaringiz bilan tabriklayman”, — dedi Putin.
RT telekanali 2005-yil 10-dekabrda ingliz tilidagi dasturlar bilan ish boshlagan. Keyinchalik rus, arab, ispan, fransuz, nemis va serb tillarida ham efirga chiqqan. Tashkil etilganidan buyon kanalga bosh muharrir sifatida Margarita Simonyan rahbarlik qilib keladi.
Yubiley munosabati bilan Putin kanal jamoasiga global kun tartibidagi asosiy masalalarga o‘z mustaqil pozitsiyasini saqlagan holda faoliyatini davom ettirishni tiladi. Shuningdek, u xalqaro bosimlarga, cheklov va sanksiyalarga qaramay, RT o‘z mavqeyini yo‘qotmaganini alohida e’tirof etdi.
Bugungi kunda RTning umumiy tomoshabinlar soni 1 milliardga yaqinlashgan. Ijtimoiy tarmoqlardagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha, 2024-yilda RT loyihalari 23,8 milliarddan ortiq ko‘rishlar soniga ega bo‘lgan.
“Haqiqatdan qo‘rqishadi”: Putin G‘arb nega RT telekanalini yopayotgani haqida