Yevropa Ittifoqi "Qambarota" GESi uchun $2,4 mlrd ajratadi

Loyihada Qirg‘iziston ulushi — 34 foiz, O‘zbekiston va Qozog‘istonniki — 33 foizdan.
Sputnik
TOShKENT, 15 okt – Sputnik. Yevropa Ittifoqi (YeI) O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘istonga “Qambarota GES-1” loyihasini moliyalashtirish uchun jami 2,4 milliard dollar ajratishga rozi bo‘ldi. Bu haqda Qirg‘iziston Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Yevropa Ittifoqi umumiy hisobda loyiha uchun 2,4 milliard dollarlik moliyaviy qo‘llab-quvvatlash paketi shakllantirish niyatini bildirgan. Bu mablag‘lar Yevropa institutlari orqali ajratilishi kutilmoqda.
Loyihada Qirg‘iziston ulushi — 34 foiz, O‘zbekiston va Qozog‘istonniki — 33 foizdan.
Har bir davlat o‘z ulushiga mos ravishda elektr energiyasini sotib olish huquqiga ega bo‘ladi. Bu loyiha uch davlatning energetika sohasidagi hamkorligini mustahkamlaydi.
YeI mazkur masala bo‘yicha uch davlat bilan ikki tomonlama hujjatlar imzolagan. Mazkur kelishuvlar Yevropa Ittifoqining Global Gateway tashabbusi doirasida amalga oshirilmoqda.
Ayn damda Qirg‘iziston bilan Yevropa investitsiya banki va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki o‘rtasida memorandumlar imzolangan bo‘lib, har biri 500 million dollargacha mablag‘ ajratishni nazarda tutadi. Memorandumlar “Qambarota GES-1” loyihasini moliyalashtirishga oid hamkorlik va texnik ko‘mak masalalarini qamrab oladi.
Ma’lumot uchun, “Qambarota GES-1” — Qirg‘izistonning Jalolobod viloyatidagi Norin darosida qurilayotgan eng yirik gidroenergetik inshoot. GESning quvvati 1860 MVt, suv ombori hajmi 5,4 milliard kub metr, to‘g‘on balandligi 256 metr bo‘ladi. Stansiya yiliga o‘rtacha 5,6 milliard kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarishi kutilmoqda.
Qurilish ishlari taxminan 10-yil davom etadi.
Markaziy Osiyo yirik loyihasi — Qambarota GES-1 bo‘yicha vazirlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi