O‘zbekiston–Avstriya: Ostona orqali viza va migratsiya sohasida yangi imkoniyatlar ochiladi

O‘zbekiston va Avstriya TIVlar Konsullik xizmatlari o‘rtasida maslahatlashuv bo‘lib o‘tdi. Tomonlar migratsiya, viza va apostil sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi
Sputnik
TOShKENT, 14 okt – Sputnik. Vena shahrida O‘zbekiston va Avstriya Tashqi ishlar vazirliklarining Konsullik xizmatlari o‘rtasida ilk konsullik maslahatlashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Muzokaralar davomida ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilinib, quyidagi kelishuvlarga erishildi:
migratsiya va mobillik sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi Bitim loyihasi bo‘yicha muzokaralarni davom ettirish, bu orqali mazkur yo‘nalishdagi o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish;
diplomatik pasport egalariga viza berish tartibi yuzasidan hukumatlararo kelishuvni ishlab chiqish;
O‘zbekiston vakolatli organlari tomonidan berilgan apostillarni tan olish masalasini qayta ko‘rib chiqish;
O‘zbekiston fuqarolariga vizalarni Ostona shahridagi Avstriyaning diplomatik vakolatxonasi orqali rasmiylashtirish imkoniyatini ko‘rib chiqish.
Tomonlar ushbu maslahatlashuvlar ikki mamlakat o‘rtasidagi konsullik va gumanitar hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidladilar.
Shvetsiya bilan migratsiya sohasida hamkorlik muhokama qilindi