Suv xo‘jaligidagi taqdimot: sohada qanday o‘zgarishlar kutilmoqda?

Yangi yondashuv asosida suv hisobini yuritish to‘liq elektron shaklga o‘tkaziladi. “Suv hisobi” axborot platformasi orqali foydalanilgan suv miqdori aniq hisoblanib, iste’molchilarga elektron ravishda ma’lum qilinadi.
Sputnik
TOShKENT, 14 okt – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev suv xo‘jaligi sohasini raqamlashtirish, suv resurslarini samarali boshqarish hamda sohaning xususiy sektor uchun jozibadorligini oshirish masalalari yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, mamlakatda 50 ming kilometrlik sug‘orish tarmoqlari, 1,6 ming nasos stansiyasi va 10 mingdan ziyod suv obyektlari faoliyat yuritmoqda.
Prezident oznakomilsya s prezentatsiyey o sifrovizatsii sferi vodnogo xozaystva
Taqdimotda aytilishicha, yangi yondashuv asosida suv hisobini yuritish to‘liq elektron shaklga o‘tkaziladi. “Suv hisobi” axborot platformasi orqali foydalanilgan suv miqdori aniq hisoblanib, iste’molchilarga elektron ravishda ma’lum qilinadi. Bu hisob-kitoblarda inson omilini kamaytiradi, qog‘ozbozlikni bartaraf etadi va resurslardan foydalanish samaradorligini oshiradi.
Ma’lumotlarning aniqligini ta’minlash uchun tizim “Raqamli qishloq xo‘jaligi” platformasi bilan integratsiya qilinadi. Shu orqali sug‘oriladigan yerlar, ekin turlari va suv limitlari haqidagi ma’lumotlar avtomatik yangilanib boradi.
Suv xo‘jaligi vazirligi qoshida “Suv xo‘jaligini raqamlashtirish va monitoring markazi” hamda “Davlat suv kadastri” axborot tizimi yaratiladi. Ular suv resurslariga oid ma’lumotlarni yagona bazada jamlaydi.
Quyi bo‘g‘inda o‘zgaruvchan boshqaruv tizimi joriy etilib, xizmat samaradorligi KPI ko‘rsatkichlari asosida baholanadi. Xodimlarni rag‘batlantirish yetkazilgan va foydalanilgan suv hajmlari o‘rtasidagi tafovut asosida amalga oshiriladi.
Shuningdek, suv solig‘idan tushgan mablag‘larning 40 foizi muassasalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga yo‘naltirish imkoni beriladi.
2026 yilda Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand va Sirdaryo viloyatlaridagi nasos stansiyalarning yarmi, 2027-yilda esa Namanganda barchasi xususiy sheriklikka o‘tkaziladi. Bu yo‘nalishda “bir nasos – bir tizim” tamoyili asosida “Chortoq tajribasi” amalga oshiriladi.
Hususiy sherik suv limiti doirasida suv yetkazadi, suv solig‘ining 40 foizi unga to‘lab beriladi, bu mablag‘lar esa nasos stansiyalarini modernizatsiya qilishga yo‘naltiriladi.
Bundan tashqari, “Suvchilar maktabi” loyihasi doirasida 2025–2026 yillarda har bir tumanda bittadan o‘quv dala tashkil etilib, jami 3,5 ming gektar maydon qamrab olinadi.
Prezident sohadagi vazifalarni belgilab, tegishli hujjatlarni imzoladi.
Suv so‘jaligida 2027-2050 yillarga mo‘ljallangan strategiya ishlab chiqiladi