Isroil-Falastin mojarosi

G‘azo bo‘yicha sammit Falastin muammosini hal etish uchun muhim edi – Abbos

Falastin prezidentining ta’kidlashicha, tinchlik sammiti G‘azo sektorini qayta tiklash bilan mustahkamlanishi shart.
Sputnik
TOShKENT, 14 okt – Sputnik. Misrning Sharm ash-Shayx shahrida bo‘lib o‘tgan G‘azo sektori bo‘yicha sammit Falastin muammosi uchun juda muhim edi, unda asosiy masalalar ko‘rib chiqildi. Bu haqda Falastin prezidenti Mahmud Abbos RIA Novostiga ma’lum qildi.
“Ko‘pchilik ishtirokida o‘tgan bu sammit Falastin muammosi uchun juda muhim edi”, - dedi Falastin yetakchisi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, sammitda asosiy masalalar, jumladan, o‘t ochishni to‘xtatish, oziq-ovqat va Isroil qo‘shinlarining olib chiqib ketilishi muhokama qilingan.
Abbosning ta’kidlashicha, tinchlik sammiti G‘azo sektorini qayta tiklash bilan mustahkamlanishi shart. Bu ham xalqaro, ham arab davlatlarining sa’y-harakatlarini talab etadi.
AQSh prezidenti Donald Tramp, Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi, Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an va Qatar amiri Tamim bin Hamad Ol Soniy Sharm ash-Shayxdagi sammitda G‘azodagi mojaroni tinch hal etishga oid keng qamrovli hujjat imzolashdi.
Isroil-Falastin mojarosi
Isroilga G‘azo sektoridagi garovdagilarning birinchi guruhi topshirildi