Qozog‘iston jarrohlari O‘zbekistonda 17 ta murakkab operatsiya o‘tkazishdi

Sizganov markazi jarrohlari Toshkent va Qarshida 17 ta murakkab operatsiya o‘tkazdilar. Shuningdek, V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazi bilan memorandum imzolandi
Sputnik
TOShKENT, 13 okt – Sputnik. Qozog‘istonning A.N. Sizganov nomidagi markaz yetakchi jarrohlari Toshkent va Qarshida 17 ta murakkab operatsiya hamda bir qator mahorat darslarini o‘tkazishdi. Bu haqda Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Shuningdek, ushbu markaz va V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Hujjatda qo‘shma ilmiy loyihalarni rivojlantirish, mutaxassislar almashinuvi va tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish niyati belgilangan.
Tashrif doirasida gepatobiliar, endoskopik, kardiojarrohlik va endovaskulyar yo‘nalishlarda mahorat darslari o‘tkazilib, jigar va o‘t yo‘llariga laparoskopik operatsiyalar, qizilo‘ngach o‘smalari va bo‘lmachalar fibrillyatsiyasida yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari amalga oshirildi.
Xirurgi iz Kazaxstana proveli slojnie operatsii v Uzbekistane
Kardiologiya markazining Qarshi filialida ham mitral klapanlarni protezlash va chap bo‘lmacha miksomasini olib tashlash kabi operatsiyalar muvaffaqiyatli bajarildi.
Qozog‘istonlik mutaxassislar mahalliy jarrohlik maktabining yutuqlari va zamonaviy davolash texnologiyalarini namoyon etib, o‘zbekistonlik bemorlarga salomatlikni tiklashga yordam berdilar.
MDH yig‘ilishida tibbiy hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishildi