TOShKENT, 11 okt – Sputnik. Norvegiyada o‘tayotgan jahon chempionatida o‘zbekistonlik sportchi Akbar Jo‘rayev -110 kg vaznda mutlaq chempionlikka erishdi. Bu haqda Sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Dast ko‘tarishda jahon rekordi bilan oltin medalga ega chiqqan Jo‘rayev siltab ko‘tarishda 232 kg va umumiy hisobda 428 kg bilan mutlaq ustunligini namoyon etdi.
Ruslan Nurudinov esa siltab ko‘tarishda 228 va ikki kurash yakuniga ko‘ra 414 bilan 2 ta bronza medaliga ega chiqdi.
G‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimida medallarni Sport vaziri o‘rinbosari, mamlakat Og‘ir atletika federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Shaxrillo Maxmudov tantanali tarzda topshirdi.