TOShKENT, 8 okt – Sputnik. O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Serbiyaning Xalqaro iqtisodiy hamkorlik vaziri Nenad Popovich bilan uchrashdi.
Suhbat davomida tomonlar ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikning hozirgi holati hamda rivojlanish istiqbollarini ko‘rib chiqishdi.
Ayniqsa, sanoat kooperatsiyasi, farmatsevtika, energetika, qishloq xo‘jaligi, transport va texnologiyalar sohalarida hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.