O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasida ikkita memorandum imzolandi

© Ministerstvo investitsiy, promishlennosti i torgovli Respubliki Uzbekistan
Obuna bo‘lish
Muzokaralar yakunida ikkita — Stipendium Hungaricum ta’lim dasturi va Basalt Group hamda MOL o‘rtasidagi sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha memorandumlari imzolandi.
TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. Kecha, 17-iyul kuni Budapesht shahrida O‘zbekiston-Vengriya o‘rtasidagi Hukumatlararo komissiyaning 10-yubiley majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Muzokaralarda delegatsiyalarga O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov hamda Vengriya tashqi ishlar va tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri Peter Siyarto rahbarlik qildi.

V Budapeshte proshlo yubileynoe 10-e zasedanie Mejpravitelstvennoy uzbeksko-vengerskoy komissii
© Ministerstvo investitsiy, promishlennosti i torgovli Respubliki Uzbekistan
Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish, sanoat, transport, energetika va ta’lim sohalarida yangi loyihalarni ishga tushirish masalalarini muhokama qildilar. Toshkent viloyatida qo‘shma sanoat zonasini amalga oshirish va Vengriya investitsiyalarini kengaytirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratildi.
Muzokaralar yakunida ikkita — Stipendium Hungaricum ta’lim dasturi va Basalt Group hamda MOL o‘rtasidagi sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha memorandumlari imzolandi.
Majlis doirasida o‘tgan biznes-forumda Vengriya kompaniyalarining “Yangi Toshkent”, raqamli transformatsiya va infratuzilma loyihalarida ishtirok etish istiqbollari muhokama qilindi.

V Budapeshte proshlo yubileynoe 10-e zasedanie Mejpravitelstvennoy uzbeksko-vengerskoy komissii
© Ministerstvo investitsiy, promishlennosti i torgovli Respubliki Uzbekistan
Yubiley yig‘ilishi Budapeshtning Ferensvarosh tumanida joylashgan, 22 ming tomoshabinga mo‘ljallangan Grupama Arenada bo‘lib o‘tdi. Muzokaralardan so‘ng delegatsiyalar stadion infratuzilmasi bilan tanishdilar.