O‘zbekiston–Belarus ta’lim forumida 30 taga yaqin hamkorlik bitimi imzolandi

O‘zbekiston va Belarus Ikkinchi ta’lim forumining plenar majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda ta’lim sifatini oshirish va hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilindi
Sputnik
TOShKENT, 8 okt – Sputnik. Farg‘ona davlat universitetida “Innovatsion hamkorlik: oliy va professional ta’lim masalalari bo‘yicha O‘zbekiston va Belarus forumi” mavzusida Ikkinchi ta’lim forumining yalpi yig‘ilishi bo‘ldi.
Tadbirda O‘zbekiston oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sardor Radjabov, Belarus ta’lim vaziri o‘rinbosari Aleksandr Baxanovich hamda ikki davlat oliy va kasbiy ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirok etdi.
Forum doirasida o‘tkazilgan ikki tomonlama uchrashuvlarda amaliy hamkorlikni chuqurlashtirish va ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan qo‘shma tashabbuslar muhokama qilindi.

Forum doirasida 30 taga yaqin anglashuv memorandumi, hamkorlik bitimi va yo‘l xaritalari imzolandi.

Shuningdek, delegatsiya a’zolari Marg‘ilon shahridagi Hunarmandlar markaziga tashrif buyurib, milliy atlas va adras to‘qish, gilamchilik, tikuvchilik hamda zargarlik jarayonlari bilan tanishishdi.
O‘zbekiston–Belarus forumida dron musobaqasi va innovatsiyalar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi