TOShKENT, 6 okt – Sputnik. Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangan Fabio Kannavaro milliy terma jamoaning muvaffaqiyati yo‘lida bor imkoniyatini ishga solishini ma’lum qildi.
Bugun Milliy futbol markazida Fabio Kannavaro bilan shartnoma imzolandi. Uchrashuv davomida birinchi galda uzoq tahlil va o‘rganishlar orqali ushbu murabbiylar shtabi jalb etilganini ta’kidlandi. Kannavaroning yirik turnirlarda orttirgan tajribasi va mahorati orqali milliy jamoa bilan birgalikda muvaffaqiyat qozonishiga ishonch bildirildi.
Assotsiatsiya futbola Uzbekistana podpisala kontrakt s Fabio Kannavaro
© Assotsiatsiya futbola Uzbekistana
“Avvalo bildirilgan ishonch uchun minnatdorchilik aytaman. O‘zbekistondek futbolsevar mamlakatda ishlash katta sharaf va bu o‘z o‘rnida katta mas’uliyat. Faqatgina milliy terma jamoaa emas, barcha — yoshlar, o‘smirlar jamoalari ham mundialda ishtirok etayotgani O‘zbekistonda futbolga berilayotgan katta e’tibor natijasi ekanligini bilinib turibdi. O‘zbekiston milliy terma jamoasining muvaffaqiyati yo‘lida bor imkoniyatimni ishga solaman”, - dedi Fabio Kannavaro O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan shartnoma imzolash chog‘ida.
Ma’lumot o‘rnida, Kannavaro futbolchi sifatida Italiya terma jamoasi safida 2006-yilgi jahon chempionatida zafar quchgan va o‘sha yili eng yaxshi futbolchi sifatida “Oltin to‘p” sovrinini qo‘lga kiritgan, shuningdek, FIFA talqini bo‘yicha “Yilning eng yaxshi futbolchisi” sovrinini bilan taqdirlangan.
Bosh murabbiy sifatida Xitoy terma jamoasi, "Al-Nassr" (Saudiya Arabistoni), “Tyanszin Quanyan” (Xitoy), “Guanchjou Evergrand” (Xitoy), "Benevento" (Italiya), "Udineze" (Italiya), va “Dinamo Zagreb” (Xorvatiya) klublarida faoliyat yuritgan.