TOShKENT, 2 okt — Sputnik. Toshkentda "MDH yagona mehnat bozorini barpo etish sharoitida migratsiya siyosatini takomillashtirish" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Davra suhtatida Migratsiya agentligi direktori Behzod Musayev O‘zbekiston hukumati Rossiya idoralariga ushbu davlatda ishlashni xohlovchi respublika aholisi uchun Toshkentda migratsiyadan oldingi tayyorgarlik markazini tashkil etishni taklif etganini qayd etdi.
"Biz o‘z tomonimizdan ushbu masalani - migratsiyaga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha ko‘p tarmoqli markaz tashkil etishni bir necha bor taklif qilganmiz. Bu kovid davridagi shunday tajriba edi. Hozir biz bu masalalarni tashkil qila olamiz, barcha tuzilmalar tayyor", - dedi Musayev tadbirda so‘zga chiqib.
Ushbu markazda patent olish uchun zarur jarayonlarni o‘tkazish rejalashtirilgan: barmoq izlari olinadi, suratga tushiriladi va Rossiyaga kirish taqiqlari tekshiriladi.
"Bu ajoyib yechim bo‘ladi, bu yengillik va qulaylik bo‘ladi. Eng muhimi, biz u yerda nafaqat hujjatlarni rasmiylashtirish, balki oldindan tayyorgarlik ko‘rish masalalari bilan ham shug‘ullanamiz", - deya qo‘shimcha qildi Musayev.