Kambag‘al oilalarga tadbirkorlik uchun 5-yilgacha imtiyozli kredit beriladi — yangi qonun

Kambag‘al oilalarga ko‘chma do‘kon, motoroller, skuter va shu kabi boshqa asosiy vositalar hamda tadbirkorlik uchun kredit ajratish tartibi belgilab berildi.
Sputnik
TOShKENT, 2 okt — Sputnik. Hukumat qarori (612-son, 30.09.2025 y.) bilan “Kambag‘al oilalar reyestri”ga kiritilgan oilalarga kreditlar ajratish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Nizom “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida AT “Xalq banki” va “Mikrokreditbank” tomonidan kambag‘al oilalarga quyidagi tovarlarni xarid qilish uchun kredit ajratish tartibini belgilaydi:
noutbuk; ️
tadbirkorlikni boshlash uchun kichik ishlab chiqarish uskunalari; ️
ko‘chma do‘kon, motoroller, skuter va shu kabi boshqa asosiy vositalar.
Dastur doirasida kredit arizalari qarz oluvchi tomonidan mustaqil ravishda yoki, zarur hollarda, “mahalla yettiligi” ko‘magi asosida platforma orqali taqdim etiladi.
Arizalar skoring baholash natijalariga ko‘ra 1 ish kunida ko‘rib chiqish uchun qabul qilinadi.

Biriktirilgan rahbar arizani 5 ish kunida joyiga chiqqan holda o‘rganadi. O‘rganish natijasi bo‘yicha fotohisobot va kredit ajratish yoki ajratishni rad etish to‘g‘risidagi xulosani platformaga joylashtiradi.

Qarz oluvchilarga kreditlar Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasidagi foiz stavkasida ustama haq to‘lash sharti bilan quyidagicha ajratiladi:
- 15 mln so‘mgacha bo‘lgan 1 ta noutbuk sotib olish uchun 5-yilgacha muddatga 2-yil imtiyozli davr bilan;
- tadbirkorlikni boshlash uchun qiymati 30 mln so‘mgacha bo‘lgan asosiy vositalarni sotib olish uchun 5-yilgacha muddatga bo‘lib to‘lash sharti bilan.
Qish mavsumida ehtiyojmand oilalarga yordam puli beriladi