O‘zbekiston va YeOII

YeIK Kengashi majlisi: integratsiya strategiyasi va tarif masalalari muhokama etildi

Majlisda integratsiya strategiyasi, bojxona va tarif masalalari, shuningdek, ichki bozorni himoya qilish choralari muhokama etildi.
Sputnik
TOShKENT, 29 sen – Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) Kengashi majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi hukumati matbuot xizmati xabar berdi.
Yig‘ilish ishtirokchilari Yevroosiyo iqtisodiy integratsiyasini 2025-yilgacha rivojlantirish strategiyasini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratgan holda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining (YeOOI) joriy kun tartibidagi asosiy masalalarni ko‘rib chiqdi.
Ishtirokchilar qator yo‘nalishlarda erishilgan natijalarni qayd etib, qo‘shma loyihalar samaradorligini oshirish uchun a’zo davlatlar sa’y-harakatlarini yanada muvofiqlashtirish zarurligini ta’kidladilar.
Shuningdek, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi javobgarlik va sanitariya-fitosanitariya choralarini uyg‘unlashtirish mavzusi atroflicha ko‘rib chiqildi.
Norma va tartib-taomillarni qo‘llashda yagona yondashuv muhimligi qayd etildi, bu integratsiya ishtirokchilari o‘rtasida ishonchni mustahkamlash va biznes yuritish uchun qulay sharoitlar yaratish imkonini beradi.
Uchrashuvda bojxona va tariflarga oid masalalarga ham alohida e’tibor qaratildi hamda sanoatni qo‘llab-quvvatlash va ichki bozorni himoya qilishga qaratilgan takliflar ko‘rib chiqildi.
Uchrashuvda YeOII ga a’zo davlatlarning integratsiyani chuqurlashtirish va iqtisodiy rivojlanishning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha kelishilgan qarorlarni ishlab chiqishga sodiqligi tasdiqlandi.
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Moldova, Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.
O‘zbekiston va YeOII
YeIK va ASEAN 2030-yilgacha hamkorlik rejasini tasdiqladi