“2016 yilda Shavkat Miromonovich endigina prezident etib saylanganida, uning oldida tarqoq iqtisodiy tizimni isloh qilishdek ulkan va murakkab vazifa turgan edi. Bu yo‘ldagi ilk qadamlardan biri sifatida ular O‘zbekistonda ilm-fan sohasini tiklashdan boshladi. Jumladan, Yadroviy fizika instituti qayta tiklandi va Rosatom bilan hamkorlikda unutilgan reaktorlar jonlantirildi”, — dedi Axmedxadjayev.
“Agentligimiz tashkil etilganida prezidentimiz bizga nafaqat atom energetikasi bilan bog‘liq texnologiyalarni, balki boshqa ishlab chiqarish institutlariga ham ilg‘or tajribalarni joriy etish vazifasini qo‘ygan edi. Shundan kelib chiqib, yadro texnologiyalarini tibbiyot va qishloq xo‘jaligida qo‘llash bo‘yicha ham dastlabki sinovlar yo‘lga qo‘yildi”, — deya qo‘shimcha qildi "O‘zatom" direktori.
“Tatyana Anatolyevna Terentyeva bilan o‘tkazgan suhbatimizda aynan shu mavzuni muhokama qildik. AT yo‘nalishining zamonaviy jozibadorligi kundan kunga ortib borayotganiga qaramay, bugun yoshlar aynan yadro fizikasi va atom texnologiyalariga katta qiziqish bildirishmoqda. Ulardan ko‘pchiligi MIFIning Toshkentdagi filialida o‘qish niyatida”, — dedi u.