O‘zbekiston yoshlari BRIKS festivalida ishtirok etmoqda

Qozondagi BRIKS yoshlar festivalida O‘zbekiston vakillari ham qatnashmoqda. Bir hafta davomida ishtirokchilar olimpiadalar, mahorat darslari va madaniy tadbirlarda ishtirok etadi
Sputnik
TOShKENT, 23 sen — Sputnik. Tatariston poytaxti Qozon shahrida birinchi BRIKS yoshlar festivali o‘tkazilmoqda.
Festilvalda 13 mamlakatning 35 ta hududlaridan, jumladan, Turkiya, Misr, Indoneziya, Eron, Qozog‘iston va O‘zbekistondan 14 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan 150 nafar o‘smir ishtirok etmoqda.
Hafta davomida bolalar robototexnika bo‘yicha mahorat darslari, "BRIKSovidenie" xalqaro qo‘shiq tanlovi, milliy liboslar shousi, stol o‘yinlari festivali va kvestlarda ishtirok etib, shaharning diqqatga sazovor joylarini borib ko‘rishadi.
Uchrashuvning asosiy voqeasi shaharlar va BRIKS+ hamkor davlatlari o‘quvchilarining matematika va informatika bo‘yicha olimpiadasi bo‘ladi.
Shuningdek, ishtirokchilar tomonidan "Tinchlik do‘stlari" xiyobonini barpo etish va BRIKS+ davlatlari yoshlar kutubxonasini yaratish tadbirlari ko‘zda tutilgan.
Festival turli mamlakatlardan kelgan yosh ijrochilar, shuningdek, Qozon shahrining eng yaxshi yoshlar va bolalar ijodiy jamoalari ishtirokidagi katta gala-konsert bilan yakunlanadi.
Kazan Digital Week: O‘zbekiston va Tatariston madaniy hamkorligi chuqurlashmoqda