TOShKENT, 23 sen — Sputnik. Uzbekistan Airways kompaniyasi Boeing bilan 14 ta Boeing 787-9 Dreamliner samolyotini xarid qilish bo‘yicha qat’iy shartnoma imzoladi. Shartnomada yana 8ta havo kemasi opsion tariqasida ko‘zda tutilgan. Bu haqda "Uzbekistan Airways" AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Shartnoma bo‘yicha dastlabki yetkazib berishlar 2031-yildan boshlanishi kutilmoqda.
AQSh prezidenti Donald Tramp ham ushbu kelishuvni o‘zining Truth Social sahifasida olqishladi:
"Shu oy boshida men O‘zbekiston Prezidenti hurmatli Shavkat Mirziyoyev bilan suhbatlashgan edim. Bugun men Prezident Mirziyoyevni "Boeing" bilan ULKAN bitim imzolangani bilan tabriklayman! "Uzbekistan Airways" 8 milliard dollardan ortiq mablag‘ evaziga 22 ta 787 Dreamliner samolyotini xarid qiladi. Bu Qo‘shma Shtatlarda 35 000 dan ortiq ish o‘rinlarini yaratadi. Prezident Mirziyoyev - bir so‘zli inson va biz boshqa ko‘plab masalalar ustida birgalikda ishlashda davom etamiz! Bu masalaga e’tiboringiz uchun tashakkur".
Yangi avialaynerlar yordamida O‘zbekistonni Markaziy Osiyo Yevropa, Shimoliy Amerika, Yaqin Sharq va Osiyo-Tinch okeani mintaqalari bilan yanada mustahkam bog‘lanadi.
Loyiha Uzbekistan Airwaysning strategik vazifasi — Toshkentni mintaqaning yetakchi xalqaro tranzit xabiga aylantirish maqsadiga xizmat qiladi. Shu orqali turizm, investitsiyalar va xalqaro hamkorlik rivojiga keng yo‘l ochiladi.
Shavkat Mirziyoyev 22-sentabr kuni Nyu Yorkda AQShning tog‘kon sanoatidagi yetakchi kompaniya rahbarlari, shuningdek AQShning yirik investitsion kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazgan edi.