Endi to‘ylarda 200 nafardan ortiq mehmonga ruxsat etilmaydi

“Quda chaqirdi”, “kuyov chaqirdi”, “kelin chaqirdi”, “kuyov navkari”, “ota ko‘rdi”, “sep yoydi”, “chorlar”, “tog‘ora yuborish” kabi tadbirlar taqiqlanadi.
Sputnik
TOShKENT, 22 sen — Sputnik. O‘zbekistonda to‘ylar va marosimlarda qatnashchilar soniga cheklov qo‘yildi. Bu hukumatning 589-sonli qarorida ko‘zda tutilgan.
Unda “Oqilona iste’mol” (Save Food) dasturi doirasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar belgilanib, to‘ylar, oilaviy tantanalar va marosimlar 2019-yilda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Kengashi va Senat Kengashining qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan nizom asosida o‘tkazilishi shartligi qayd etildi.
Nizom talablariga ko‘ra:
oilaviy tantanalarda 200 nafargacha, osh marosimida 250 nafargacha ishtirokchi qatnashishi mumkin;
qo‘shaloq to‘y va hasharlarda 250 nafargacha, unga bog‘liq osh marosimida esa 300 nafargacha ishtirokchiga ruxsat etiladi.
Milliy an’analariga yot yoki ortiqcha vaqt va mablag‘ talab qiladigan ko‘plab rasm-rusum va shoular, jumladan, “quda chaqirdi”, “kuyov chaqirdi”, “kelin chaqirdi”, “kuyov navkari”, “ota ko‘rdi”, “sep yoydi”, “chorlar”, “tog‘ora yuborish” taqiqlanadi.
Dafn va motam marosimlaridagi “payshanbalik”, “yakshanbalik”, “yigirma”, “yetti”, “qirq”, “yil oshi”, “hayit”, “mato ulashish”, “pul tarqatish” kabi tadbirlar ham man etiladi.
O‘zbekistonda oziq-ovqat xavfsizligi davri boshlanmoqda