“Intervideniye”ni barbod qilish urinishlari amalga oshmadi - Lavrov

Rossiya tashqi ishlar vazirining so‘zlariga ko‘ra, ayrim ishtirokchilarga qattiq bosim o‘tkazishga urinishlar bo‘ldi.
Sputnik
TOShKENT, 21 sen – Sputnik. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov “Intervidenie-2025” xalqaro musiqiy tanlovini barbod qilishga qaratilgan jiddiy harakatlar kuzatilganini ma’lum qildi.
“Bu tanlovni buzish maqsadida ayrim ishtirokchilarga qattiq bosim o‘tkazishga urinishlar bo‘ldi. Ammo bu urinishlar muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlandi”, – dedi Lavrov.
Avvalroq xabar berganimizdek, “Intervidenie-2025” festivali bu yil Rossiya tashabbusi bilan qayta tiklanib, BRICS, MDH, Osiyo, Lotin Amerikasi va Afrikadan jami 23 davlat ishtirokida o‘tkazildi.
Tanlovning asosiy maqsadi — musiqiy ijod orqali xalqlar o‘rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlash, milliy madaniyatlar rang-barangligini namoyish etish va baynalmilal do‘stlik g‘oyasini ilgari surish.
Tanlovda ilk bor o‘zbekistonlik xonanda Shohrux G‘aniyev ham ishtirok etdi. U Lutfiy qalamiga mansub “Xoh inon, xoh inonma” g‘azalining zamonaviy talqini asosida yaratilgan musiqiy kompozitsiyasini hakamlar hay’ati e’tiboriga taqdim etdi. Shohrux G‘aniyev kuchli o‘ntalikdan joy olishga muvaffaq bo‘ldi.
Intervidenie-2025: tanlov yakunlari va O‘zbekiston ishtiroki - foto