TOShKENT, 19 sen — Sputnik. 15-17 sentabr kunlari Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari Xurshidbek Samiyev boshchiligidagi Samarqand viloyati delegatsiyasi Sankt-Peterburg shahriga tashrif buyurdi. Bu haqda Sankt-Peterburg tashqi aloqalar qo‘mitasi xabar berdi.
Delegatsiya Sankt-Peterburgning yetakchi korxonalarida bo‘lib, tadbirkorlar bilan muzokaralar o‘tkazdi. Uchrashuvlar doirasida yo‘llarni ta’mirlash, qurish va saqlash uchun uskunalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan "Bastion" ilmiy-ishlab chiqarish firmasi va Yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar uyushmasi bilan o‘zaro anglashuv memorandumlari imzolandi.
17 sentabr kuni delegatsiya Sankt-Peterburg vitse-gubernatori Kirill Polyakov bilan uchrashib, hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini belgiladi va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha keyingi qadamlarni muhokama qildi.
V ADS "Nevskaya ratusha" sostoyalas vstrecha delegatsii s vitse-gubernatorom Sankt-Peterburga Kirillom Polyakovim
©
Telegram / Sirkulyar Griboyedova
Tashrif yakunlari bo‘yicha "26-To‘qimachilik va tikuvchilik sanoati xalqaro ko‘rgazmasi - TextileExpo Uzbekistan"da ishtirok etish uchun Sankt-Peterburg yengil sanoati vakillarining O‘zbekistonga biznes missiyasini tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.