TOShKENT, 19 sen – Sputnik. O‘zbekistonda 2026–2030 yillar “Dolzarb oziq-ovqat xavfsizligi davri” deb e’lon qilindi. Ushbu hamda oziq-ovqat bilan bog‘liq boshqa tashabbuslar bilan bog‘liq hukumat qarori imzolandi.
Qarorda umumiy ovqatlanish korxonalarida hosil bo‘ladigan oziq-ovqat chiqindilaridan samarali foydalanish va atrof muhitga keltiradigan zararini kamaytirish maqsad qilingani aytiladi.
Bu maqsadlarga erishishda hukumat quyidagi bosqichlarni belgilagan:
oziq-ovqat chiqindilarini kamaytiruvchi va ortiqcha isrofgarchilikning oldini olishga qaratilgan “Oqilona iste’mol” (Save food) dasturi tasdiqlandi;
ichimlik suvidan ishlab chiqarish maqsadida foydalanayotgan hamda ifloslangan suvlarni oqova suvlarga oqizib yuborayotgan yuridik shaxslarga suvni birlamchi tozalash inshootlarida tozalash yuklatildi;
oqova suvlardagi yog‘-moyni tozalab olish maqsadida yog‘-moy tutgich uskunalariga ega ovqatlanish korxonalariga suvlardan foydalanishga ruxsat beriladi.
Bundan tashqari, mazkur qaror 2026-yilning 1-yanvaridan boshlab ekologiya, qishloq xo‘jaligi va sog‘liqni saqlash vazirliklarining uyushgan faoliyatini tashkil etishni ham ko‘zda tutgan.
Vazirliklar hamkorlikda oziq-ovqat chiqindilarini kompostlash, organik o‘g‘itlardan foydalanish tizimini kengaytirish va oqova suvlardan ikkilamchi xomashoni ajratib olish bilan shug‘ullanishadi.