TOShKENT, 15 sen — Sputnik. O‘zbekiston suv resurslaridan foydalanish va uni muhofaza qilishning 2027-2050 yillarga mo‘ljallangan Strategiyasi loyihasini ishlab chiqish belgilangan. Strategiya loyihasini ishlab chiqishga tayyorgarlik ko‘rish doirasida Suv xo‘jaligi vazirligida akademik V.L.Kvint boshchiligidagi olimlar bilan o‘quv-trening o‘tkazildi.
Tadbirda Prezident administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi va boshqa tegishli idoralar mas’ullari, shuningdek ilmiy-tadqiqot muassasalari olimlari va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Shu bilan birga hududlardagi suv xo‘jaligi tashkilotlari mutaxassislari ham o‘quv-treningni onlayn kuzatib bordi.
Akademik V.L.Kvint va rossiyalik olimlar Strategik rejalashtirish, uning ahamiyati, strategiyalashtirish metodologiyasi, suv xo‘jaligini uzoq muddatligi rejalashtirishda e’tibor qaratiladigan jihatlar haqida taqdimotlar qilishdi.
Budet razrabotana Strategiya vodnogo xozaystva na 2027-2050 godi
© Ministerstvo vodnogo xozaystva
Tadbir jonli muloqot tarzida bo‘lib o‘tdi.
Ma’lumot uchun: V.L. Kvint – iqtisod fanlari doktori, siyosiy iqtisod professori, Rossiya Fanlar akademiyasi a’zosi. U Moskva davlat universitetining Lomonosov mukofoti, “Aleksandr Nevskiy” va “Do‘stlik” ordenlari, shuningdek, O‘zbekistonning fan va texnika sohasidagi davlat mukofoti sohibi.